hikoya.xyz
Zulfizar 1 qism
Poytaxt. Ipakchilik köchasi, 69-
uy.
Dang'illama hovlida sukunat
hukmronlik qilardi. Faqatgina
oshxonadan, idish-tovoq
ovozlari eshitilib turardi. Tinib-
tinchimas kelinimiz Zulfizar,
oshxonadagi pishir-kuydir
ishlari bilan ovora bölayotgan
edi. Kapkirini qozon ichida
aylantirayotgan vaqti, telefon
jingirog'i qulog'iga chalindi.
Qölini sochiq bilan artganicha,
telefon oldiga yugurgiladi.
Telefonni qöliga oldiyu,
sevinchdan baqirib yuboray
dedi.
-Oyijooon! Oyiii...
Zulfizar zalda televizor
körayotgan qaynonasining,
huzuriga chopdi.
-Oyijon, ög'lingiz!
Televizorga közlarini qadagan
Shoxsanam opa, kelinining
gapidan bir zumda sergak tortdi.
U katta gavdasini bir amallab
kötarib, telefonni oldi.
-Alyoo!
-Allo, Zulfizar!
-Voy bolam, men onangman
jonim bolam. -u shunday deb,
katta közlari bilan, keliniga
ensasini qotirdi.
-Assalomu alaykum oyi,
yaxshimisiz, tuzukmisiz, adam
yaxshimilar? Ukalarim Sherzod,
Bekzod, hammangiz
yaxshimisizlar?
-Valaykum bolam, hamma-
hammamiz yaxshimiz, sen
özingdan gapir! Ishlaring
joyidami? Qiynalmayabsanmi
ishqilib? U yerlar sovug'masmi?
-Yög'a oyi, sovug'mas. Ishlarim
joyida, hammasi yaxshi.
-Ha yaxshi. Nega oxirgi paytlarda
kam qöng'iroq qiladigan bölib
qolding ög'lim? Ishlarin köpayib
ketdimi bolam?
-Ha oyi. Yangi joy ochilyotgandi.
Shunga ishlarim biroz köpaydi.
Vaqt topishim bilan, qöng'iroq
qilyabman.
-Ha mayli bolam. Kam qöng'iroq
qilsang ham, tinch bölsang
bölgani. Ha aytgancha, qachon
qaytasan?
-Oyiii, yana shu savolmi? Tinch
yuribmanku, tez orada
qaytaman. Yetti yarim oy ötdi
bolam. Har olti oyda kelarding.
Sog'inib qoldikda!
-Boraman oyi, boraman! Böpti,
vaqtim kam. Dadam, ukalarim va
kelinlaringizga salom ayting!
-Höp. Özingni ehtiyot qilgina
bolam!
-Hop oyi, xayr!
-Mayli Shaxzod, xayr bolam!
Aloqa tugadiyu, Shoxsanam opa
biroz yengil tortib, yana divaniga
ötirdi...
Zulfizar ishlarni tugatib, ikkinchi
qavatda joylashgan
yotoqxonasiga chiqdi. Eshikni
qulfladiyu, krovat ustiga özini
tashladi. Bugungi ishlar uni
charchatgan, hattoki kiyimlarini
almashtirishga erinayotgandek
edi. Bu charchoqlar bejis emasdi.
U hozirda, hayhotdek hovlining
supir-sidir ishlarini qilar, ikki
oilaning kir-chirini yuvar edi.
Kichkina kelin Mastura esa, hozir
"taxt"da. U ikkiqat. Egilsa, yoki
qölini sovuq suvga ursa, bolasi
tushib qoladigandek
avaylashardi. Chunki, uning
qornida yashayotgan odamcha,
bu oilaning, bölajak birinchi
nabirasi edi. Zulfizarda mana ikki
yarim yildirki, hech qanday natija
yöq edi. Katta kelinidan nabira
körish umidini uzgan
Shoxsanam opa, kichik keliniga
e'tibor qaratgandi. Uni shunday
erkalab, yonini olardiki, u kezi
kelganda, katta kelinga ham
sapchib qöyardi. Bu ishlardan
toqati toq bölgan Zulfizarning,
yagona suyanchig'i va umidi, bu
turmush örtog'i Shaxzod edi.
Shaxzod ham bu ishlarga teskari
qilib, chet elga jönagan, pul
ketidan quvib yurardi. Zulfizar eri
esiga tushib, örnidan turdi.
Ekrani yuzni yopadigan katta
ekranli telefonini olib, eriga
"IMO" orqali telefon qildi. Eri
göshakni kötarguncha, oynaga
qarab, sochlarini epaqaga
keltirib oldi.
-Allo.
-Assalomu alaykum begim! -u
biroz ranjigan holatda eriga
salom berdi.
-Valekum. Ha tinchlikmi?
Toshkentda yarim tun vaqti böldi
shekilli?!
-Ha, ön birdan oshdi.
-Nega uxlamayabsan unda?
-Ishlarimni hozir tugatdim. Uni
ustiga uyqum kelmayabdi. -u
eriga erkalanganday, köz suzib
qöshib qöydi: -Sizsiz.
Eri uni gaplariga unchalik e'tibor
bermas, kompyuteriga tikilib
ötirardi.
-Nima endi yoninga borib, alla
aytib uxlatib qöyishim kerakmi?
Yot, uxlaysan!
-Hööp, yotamaan.
-Yotsang nega telefon qilding,
yotavermaysanmi, meni bezovta
qilmasdan?!
-Sog'inib qöng'iroq qilgandim.
-Bunday vaqtda qilma! Bizda
hozir ish vaqti. Xayr, hadeb meni
bezovta

• BoshqalarZulfizarQism
← Zulfizar 2 qismErofantaziya →
Mavzu bo'yicha:
Sayt 18 yoshdan kattalar uchun!
Яндекс.Метрика #
hikoya.xyz секс хикоялар seks hikoyalar sex hikoyalar секс хикоя seks hikoya ehtirosli hikoyalar erotik hikoyalar sex hikoya эҳтиросли ҳикоялар эротик хикоялар extirosli hikoyalar эхтиросли хикоялар sekis hikoyalar xxx hikoyalar seks xikoyalar эро хикоя инцест хикоялар порно хикоялар erotic hikoyalar рассказы порно рассказы секс рассказы читать рассказы читаем рассказы рассказ служанки инцест рассказы еротические рассказы