hikoya.xyz
Tasodif... [turnirga]
Turnir uchun! [ Nightboy » vs « Fedya ]

-Nigor to'xta gaplarimni eshitgin!
-Sizni boshqa eshitishni hohlamayman! bo'ldi izimdan yurmang!
-Sen meni noto'g'ri tushunding to'xta! hammasini tushuntirib berishga izin ber Nigor...
Nigora ortiga ham qaramasdan taksi to'xtatgancha mashinaga minib uyiga ravona bo'ldi.
-Jin ursin! dedi Maqsud yer tepalagancha.
-----------------------------

Maqsud ishxonasiga borgach ish stuliga o'tirarkan, yonidagi "qo'shnisi" Anvar irjaygancha gap boshladi:
-Hmm yigit? nimaga kayfiyating yo'q?
-Eyy... qo'l siltadi Maqsud.
-Ha yana nima bo'ldi? Nima Barsa yutqizdimi? ))
-Barsa yutqazsaku go'rgaaa... undan battari bo'ldi.
-Xo'sh xo'sh?
-Kecha Nigora telefonimdagi bir qizdan kelgan sms ni ko'rib qolibdi.
-Heh! ayol zotiga ham telefoningni berasanmi, jinni?! hali turmush qurganingdan keyinku u seni tiriklay yeydiyov ))
-Bu holatdan keyin u bilan turmush qurushimizga ham ko'zim yetmaydi. O'zi shunaqangi qaysar va injiqkiiii...
-Ey menga qara. Nimaga o'zi bittasi bilan gaplashib turib yana ikkinchisini ham boshini aylantirib yuribsan?
-Bu ham bir tasodifda. bir hafta oldin, oshxonada o'tirsam devorga juda mayda harflar bilan yozilgan telefon raqamini ko'rib qoldim.
-Keyin nima bo'ldi?
-Keyin singlimdan so'radim, kim yozdi bu raqamni devorga desam, bilmayman degan ma'noda labini cho'chchaytirib qo'ydi... ehh jin ursin... singlim degandek, hali singlimni kuratoriga ham telefon qilishim kerak edi...
-Nega tinchlikmi?
-Oyim bilan qayergadur boraman degandi... shunga.
-A singlingni o'zi telefon qilib qo'ysa bo'ladiku?!
-Singlim telefon ishlatmaydida! men ishlatgani qo'ymayman... faxrlanib gapirdi Maqsud.
-Kollejda 2-kurs-a adashmasam?
-Ha shunaqa...
Anvar "Singling 2-kurs bo'la turib hali beri telefon ishlatmaydimi? hozir 2-sinf o'quvchisida ham telefon borku" degan ma'noda Maqsudni ustidan kulib qo'ydi.
-Xo'sh?... keyinchi? nima keyin sen o'sha raqamga tavakkal terib ko'rdingmi? ))))
-Endi nima ham deysan?? bir kuni bekorchilikdan tersam bir qiz bola ko'tardi. uyoq buyoqdan biroz gaplashdim, keyin o'zidan o'zi ha yo'q, be yo'q telefonni qo'yib qo'ydi.
-Keyin sen xira pashshadek unga qayta qayta telefon qilaverding... shunaqamiii???
-Yo'q qayta qayta qilganim, aksincha sms yubordim... qarasam bir necha daqiqadan keyin javob keldi.
-Shundan beri u qiz bilan "kompot" bo'lib yuribman degin ))) handon otib kuldi Anvar.
Yelkasiga to'satdan kelib tushgan menejerning shappati Anvarni hayolini qochirdi.
-Azizov!.. Choriyev! (Maqsudga qaradi).
-Ko'p gap sotmasdan, o'z ishingizni bilib qilsangiz... o'zingizga ham, kompaniyaga ham foyda qilgan bo'lardingiz! kesatdi menejer ...
------------------------------

Ishdan horib, charchab chiqqan Anvar, Maqsudga yuzlandi.
-Ey nima deysan. bugun bir tungi klubga bormaymizmi?
-Bilmasammm... uyda qiladigan zarur ishlarim ko'p edi, og'ayni!
-O'rtoq! uyni ishlari tugamaydiii... xo'p deya qolgin, borib yeb ichib, maza qilib dam olib kelamiz, o'yin kulgu degandek... balki qizlar ham uchrab qolar. irjaydi Anvar.
-O'zi seni xotinbozsan desam ishonmaysan )) hazil aralash kulimsirab gapirdi Maqsud.
-Ha mayliii. ko'ndirding, qachon qayerda uchrashamiz?
-Hozir soat 21:30, roppa rosa bir soatdan so'ng mana shu yerda uchrashamiz!
-Yaxshi kech qolmagin tag'in.
-Heh, meni bilasankuu.
-Ha seni juda yaxshi bilaman! handon otib kuldi Maqsud...

Maqsud uyga kirib kelar ekan oila jamul jam bo'lib kechki ovqatni tanavvul qilishayotgan edi.
-Iya? nimaga bunaqa kech ovqatlanayapsizlar? hayrat bilan so'radi Maqsud.
-Ufff. so'rama o'g'lim! hafsalasi pir bo'ldi oyisini. Bugun ba'zi birovlar umrida birinchi marta ovqat qildi. bepisandlik bilan bosh qimtib axlat idishida yotgan, bo'tqaga o'xshash rangi allambalo massani ko'rsatdi onasi. Oyisini ohangidan jahli chiqqan Zebo unga bo'qrayib qarab qo'ydi.
-Ha urushma endi onasiii. gapni bo'ldi Zokir aka. Qiz bolada endi, bir kunmas bir kun birovning uyiga kelin bo'lib tushadi, axir ovqat qilishni bilmasaa, kimga kerak bunaqa kelin?! jilmaydi dadasi. asta sekin o'rganadida!
Maqsud singlisiga qarab ayyorona jilmaygancha xonasiga chiqib ketdi. Kiyimlarini alishtirib, bayramona kiyimda pastga tushar ekan, Zokir aka uni savolga tutdi:
-Qayerga o'g'lim?

• BoshqalarTasodifTurnirga
← хожи ва гулиIkki janon, bir yigit... 2-qism... (tanlovga) →
Mavzu bo'yicha:
Sayt 18 yoshdan kattalar uchun!
Яндекс.Метрика #
hikoya.xyz секс хикоялар seks hikoyalar sex hikoyalar секс хикоя seks hikoya ehtirosli hikoyalar erotik hikoyalar sex hikoya эҳтиросли ҳикоялар эротик хикоялар extirosli hikoyalar эхтиросли хикоялар sekis hikoyalar xxx hikoyalar seks xikoyalar эро хикоя инцест хикоялар порно хикоялар erotic hikoyalar рассказы порно рассказы секс рассказы читать рассказы читаем рассказы рассказ служанки инцест рассказы еротические рассказы