hikoya.xyz
Malades qizlar (hajviya)
Fel’eton yoki hajv deb o‘ylamang, mazkur bayon o‘zini Julqunboyning o‘rtancha jiyani deb hisoblovchi, yozg‘uvchilikka havasmand qo‘shnim bilan kaminaning choyxonadagi kundalik g‘iybatlaridan bir shingil xalos.Hoy, bolangdan aylanay, man na deyman-u qo‘bizim na deydi? Rahmatli otang Abdumalik aka bunaqa emasdi, mo‘mingina edi bechora. Hadeb noliyverasanmi, nomardgina! “Yoshlar unaqa”, deysan - ming‘irlaysan, “qizlar bunaqa”, deysan – voyvoylaysan. Hamma da’volaring bekor, o‘zbekchasiga aytganda “kapeyka”! Yoshlarimiz meravoy, qizlarimiz malades – shundan boshqa gap yo‘q! Aybning dodaxo‘jasi o‘zingda. Kecha choyxonada Solining nosidan otib olgandan keyin nima deding? “Uyatsiz qizlar kalta yubka kiyyapti”, dedingmi? Aslida qizlar emas, o‘zing uyatsizsan. Yoshing oltmishdan oshib, sochingda bitta ham qora tola qolmagan bo‘lsa-yu yana qizlarning yubkasiga tikilasanmi, ko‘zginang teshilmagur! Bunaqa yurish senga emas, bo‘ydoq yigitlarga atalganiga aqlginang yetmaydimi, galvars! Kalta ko‘ylak kiygan qizlarniko‘rmagan yigit nikoh kechasi talvasaga tushib qolmasin, ungacha ko‘zlari pishib tursin, degan yaxshi niyatda sonlarini ko‘rsatib yurishadi.Sen ming‘irlasang ming‘irlayver, ammo men malades qizlarimizga besh ketaman. Bizning qizlar hamma tomondan malades. G‘alvirda qaynatma sho‘rva pishirib beradigan qizlarga qoyil qolish kerakmi yo yo‘qmi? Shunday qizni kelin qilgan xonadon magazindan tuz sotib olish tashvishidan butunlay qutuladi-yu peshonalarining sho‘riga bodring tuzlab yuraveradi. Bozor iqtisodi degan zamonda shunaqa kelinlarning bozori chaqqon bo‘ladi. Uzun ko‘ylak kiyadigan qizlarning sepiga o‘nta ko‘ylak uchun kamida o‘ttiz quloch mato sotib olasanmi? Kalta ko‘ylakka bir quloch olsang, o‘ttizta ko‘ylakka yetadimi? Agar bitta shim olib bersang, pensaga chiqqunicha kiyadi. Qoyil qolish kerak, tizzalari-yu dumba tomonlari shilinib, titilib ketgunicha kiyaveradi. Shim tor kelib qolmasin, deb qomatini pensaga chiqqunicha bir xilda saqlaydi. Keng ko‘ylak kiyadiganlarni qara-chi, bitta tuqqanidan keyin semirib, erining quchog‘iga sig‘may qoladi.Hoy dovdir, sen bilib-bilmay vaysayvermagin. Kindigini ochib qo‘ygan bo‘lsa nima qilibdi? Bor ekan-ki, ko‘z-ko‘z qilib qo‘yibdi, yo‘q bo‘lsa nimani ko‘rsatardi? Dimoqqinangga qurt tushgur,gapirishdan oldin o‘ylash kerak. Malades qizlarimiz bir ish qiladigan bo‘lsalar, o‘ylab, foydasi bo‘lsagina qiladilar. Sen kindiklarini ochibyurishlarini gapiraversan, gapiraverasan, “shamollab qolishadi, bepusht bo‘lib qolishadi, farzand dog‘ida o‘tishadi”, deb havotirlanasan-a! Bu yoqda muhimroq masala turibdi. Sen mendan“Nega kindiklarini ochib yurishadi?” deb so‘ragin, men sababini tushuntirib beray. So‘radingmi? Endi eshit: bola onaning qornida qanday ovqatlanadi? Shu kindik orqalimi? Ha, tuzuk, hechbo‘lmasa shuni bilar ekansan. Malades qizlarimiz ham bilishadi. Nodon yigitlar esa bilishmasa kerak. Shulardan bittasi qizlardan “onangning qornida qanday tirikchilik qilgansan?”deb so‘rab qolsa, uzun ko‘ylakli qiz bechora nimaqilsin, ko‘chaning o‘rtasida etagini ko‘tarib ko‘rsatsinmi? Shu savolni kuyov bola to‘y paytidaso‘rab qolsami? Kelinni kiyintiradigan yangalar shu nozik masalani o‘ylashmayapti. Kelin bola to‘ygacha ko‘chada qanday yurgan bo‘lsa, to‘yda ham kindigini ochib o‘tirish shart. Aqlli odam nozik savolga nozik imo bilan javob qilishi kerak.Voy, dardingni olay! “Qizlarning qulog‘iga gap kirmaydi” deysanmi? Xudo malades qizlarning qulog‘ini gap kirishi uchun yaratganmi? Qo‘ysang-chi, bunaqa tuzsiz gapingdan ko‘nglim ayniydigan bo‘lib qolibdi. Malades qizlarning qulog‘i gap uchun emas, tilla-yu javohir ziraklarniko‘z-ko‘z qilib taqib yurish uchun yaratilgan. Sen mard bo‘lgin-u malades qizlarga tan bergin. Oldingi xotinlarda farosat yetishmasdi. Eri erib ketib ikki-uch juft zirak olib bersa, bir hafta bittasini, ikkinchi hafta boshqasini taqib yurardi. Malades qizlarimiz quloqlarining uch-to‘rt yeridan teshdirib olishdimi? Birdaniga to‘rt juft zirak taqib yurishsa yomonmi? Ziragi besh juft bo‘lsa, ota go‘ri qozixonami? Ming marta qoyilman, burinni teshib, taqib yurishibdi-ku? Tanti bo‘lsang, olib beraver, o‘n juft tilla zirakka ham joy topishadi. Labga taqish mumkin, betga taqsa ham bo‘ladi. Yana tili ham bor. “Tilga zirak taqib bo‘lmaydi”, deysanmi? Ovqat yeya olmaydimi? Yigitligingda ot mingan eding-ku? Yem berishdan oldin otning og‘zidan

• BoshqalarMaladesQizlarHajviya
← Malades qizlar (hajviya) davomi...Shvet stoli... Yakuniy qism... (tanlov uchun) →
Mavzu bo'yicha:
Sayt 18 yoshdan kattalar uchun!
Яндекс.Метрика #
hikoya.xyz секс хикоялар seks hikoyalar sex hikoyalar секс хикоя seks hikoya ehtirosli hikoyalar erotik hikoyalar sex hikoya эҳтиросли ҳикоялар эротик хикоялар extirosli hikoyalar эхтиросли хикоялар sekis hikoyalar xxx hikoyalar seks xikoyalar эро хикоя инцест хикоялар порно хикоялар erotic hikoyalar рассказы порно рассказы секс рассказы читать рассказы читаем рассказы рассказ служанки инцест рассказы еротические рассказы