hikoya.xyz
hayoti hikoya bu media.u
— Neg¬¬¬a? Nega turq-qini teskari qilib, b-basharasini buzmading?! Nima uchun yoqasini yirtib, nohaqligini betiga aytmading?!! Jag’ini sindirib gapirolmaydigan, tilini chiqarolmaydigan qilmading-mi?!! — deb bo’g’zimdan oladi ichimdagi haqgo’y bir zot. — Ko’r ko’zlarni katta ochmaganligim uchun ko’ksimni mushtlayman. Ularni bir musht urib ketadigan xumorim o’rniga o’zimni ming musht urganday qiynoqqa tushaman. Ana shunday paytlarda o’zimdan-o’zim nafratlanib ketaman. Shu bilan kelajak hayotimda bu kabi dilxiraliklarga duchor bo’lmayman. Dil-jigarimni timdalayotgan tirnoqlarni tishli omburimda sug’urib rohat buloqchasi tomonlarga sayohat qilaman. Yillar o’tgan esa-da, nohaqlikka qarshi turib berolmaganimdan o’z-o’zimdan jirkanib “afsus” ko’rpasiga yuzimni bosib ho’m-ho’m yig’layman.


QIZILISHTON

— Shu qiz qaysi ulovga chiqsa, men ham chiqaman! Qaysi bekatda tushsa men-da tushaman, — deya o’zimga-o’zim gapirib yurgan kezlarim.

Shaharga kelganimning ilk kunlari emas-mi, har nuqtaga suqlanib boqaman. Ichida kalakalab hayrona boqqan qizlarning nigohidan o’zgacha ma’no ilg’ab osmonlarga uchaman. O’zimga bo’lgan ishonch yana-da ortadi. Qiyo boqmagan qizlarga achinganday qarayman. “Hah... keyin afsus qilasan-da!” Har ikki holda ham ko’ngil taskini bor. Qarasa... qaramasa ham... Shodlikdan shodlik tug’iladi.

Yoz kunlarining birida bozorga tushdim. Gavjum ko’chaning chetidan ketib borarkanman, atrofga suqlanib boqishim kamayganligini sezdim. Axborot va odamlar oqimining tezligi, kuchiga moslashmoq uchun ko’zlarning yog’ qavati qalinlashadi deb fikr qildim. Ko’rayotganlarim turli qiyofadagi ikki oyoqlilar: Ishtonli-ishtonsiz, belbog’li-bebelbog’, do’ppili do’ppisiz odamlar to’g’ri, egri yo’nalishda ketib borishadi. Qarshimdan kelayotgan qiz diqqatimni tortdi. Miyig’ida tabassum, noodatiy nazar bilan qarash qiladi. O’zida bor do’ngchalarni qo’li bilan ko’rsatib reklama qilayotganday harakat qiladi. Oramizda ikki qadam qolganda birdan to’xtab qoldi. Qizil rangli shimining qirmizrang kamarini tekislash bahona yo’limni to’sib qo’ydi. Uning yuziga qaraganimda ko’zini olib qochmay, chap qo’li bilan ko’ksini paypaslab turardi. Qarashlaridan nimani istayotganligini tushunolmay, biron aybli ish qildimmikan degan o’yda nigohimni erga qaratdim. Bu noqulaychilikni tezroq bartaraf etish uchun o’ngga qadam qo’ydim. Qizning ham shu tomonga odim olishidan nafasimiz tutashdi. Men qalqib ketdim. Bu — hayotimda ilk bor yot jins isini, begona hisni sezishim edi! Lazzatli edi! Xayajonni engish uchun safarxaltamni u qo’limdan, bu qo’limga olib yana-da o’ngroqqa yurib yo’limga ravona bo’ldim. Qizdan uzoqlashayotib eshitgan ovozni o’n qadamlardan so’ng miyam markazi zo’rg’a tahlil qilib berdi: undan mag’zavaning hidi kelardi

Qizil shimli qizning qilig’ini yillar o’tib endi tushundim. Va uning ovchilik mahoratiga qoyil qoldim. Yaxshi ovchi har qanday jonliga to’r tashlamasligini anglab o’zimni-o’zim maqtab qo’ydim. Keyinchalik “qizlar” yo’lidan ayro, aniq yo’lakka tushib olgach, dangalrog’i, qizlarga qaramaslikka so’z berganimdan so’ng qizilshimning ustimdan kulganligini payqadim. Shillig’ini sachratgan shilliqqurtning boshini poshna ostida qoldirmaganimdan afsusga botdim.

— Qaniydi yana bir uchrab qo’l silkitsa-yu bir boplasam! — deb baqiraman hislarim-la hazillashgani uchun.

Ustimdan kulgani, mayli. Axir, fohishalar — jamiyatning yiringli yaralari-ku! Yaralar tuzalmas ekan sog’lik qay yonda?! O’tkir tig’ bilan ildiz-mildizini qo’porib olish kerak-ku! Sovuq so’zlar, achchiq tarsakilar bilan shunday boplar edim-ki, ikkinchi yo’lbarslarga to’r tashlamaydigan cho’loq, g’ilay ovchiga aylanardi. Ya’ni... ya’ni... Kech kelgan fikrlarimdan o’zim-da ko’p qiynalaman. “Nima zarur-a, o’sha qizil ishtonni eslash?!” Deb ichimdagini koyigan bo’laman. U esa yana-da battarroq qiynovga oladi.

— Tars-tars etib sovuq basharasiga tushirmaysan-mi? Bir siqim sochini kaftingga olib yulmaysan-mi? Sochidan tortgancha, sazoyilar qilmaysan-mi? Qizil ishtonchasini boshiga salla qilib, qo’lini bog’lab bozorga kiritvormabsan-da! Qo’llarini qirsillatib dodiga parvo etmay majruh qilmabsan-da! Eh... sen-a! Eh, sen... menga o’xshamading — deb ichimdagi yana

• Birinchi martaHayotiHikoya
← Seni baribir topaman. (mistika)Dugonam dadasi →
Mavzu bo'yicha:
Sayt 18 yoshdan kattalar uchun!
Яндекс.Метрика #
hikoya.xyz секс хикоялар seks hikoyalar sex hikoyalar секс хикоя seks hikoya ehtirosli hikoyalar erotik hikoyalar sex hikoya эҳтиросли ҳикоялар эротик хикоялар extirosli hikoyalar эхтиросли хикоялар sekis hikoyalar xxx hikoyalar seks xikoyalar эро хикоя инцест хикоялар порно хикоялар erotic hikoyalar рассказы порно рассказы секс рассказы читать рассказы читаем рассказы рассказ служанки инцест рассказы еротические рассказы