hikoya.xyz
Farida (luka dan tanlovga)
Yomg'irning mayin tomchilari Faridanning yuzini ayamay savalar edi. Shu turishda u o'z baxtidan shu qadar quvonchda edi-ki hatto uni yashin ursa ham joyidan qo'zg'ala olmas edi. Yo hudoyim bu naqadar quvonchli lahza bo'lmasa? Uni baxtli hayol shamollari uzoq uzoqlarga olib ketdi.
.
.
.
.
O'sha kuni ham tinmay yomg'ir yog'ayotgan edi. Bekatda avtobus kutib qolib ketdi. Noqulay ob havo tufayli yo'l ostidagi quvurlar yorilib ularni ta'mirlashayotgani sababli shaharda tirbandlik yuz bergan shuning uchun avtobus kech qolayotgan edi. Taksiga esa puli qolmagan bekatda qunushib turgan Farida behosdan aksirib yubordi.
- Sog' bo'ling! - dedi kimdir mayin ovozda. Farida :
- Raxmat - deya ortiga qaradi va chiroyli kelishgan qosh ko'zlari tim qora yigitni ko'rdi. Yuragi allanechuk bo'lib ketdi. Shunda yigit :
- Havoni qaranga qanday ajoyib - dedi osmonga qarab.
- Nimasi ajoyib? Menga yomg'ir umuman yoqmaydi.
- Eshitishimcha yomg'ir hudoning odamlarga rahmati ekan. Butun dunyo bo'yicha baxtli yakun topuvchi sevgi qissalari yomg'ir bilan boshlanar ekan. Buni bilarmidingiz? - yigit Faridaga savol nazari bilan qaradi.
- Eshitmagan ekanman.
- Ha yomg'ir juda ajoyib havo. Nima deb o'ylaysiz balki biz ham o'shalarday baxtli yakun topadigan sevgi qissasini yaratarmiz?
Farida o'zini merovlikka solib oldi va :
- Biz bir birimizni hatto tanimaymiz-ku? Ko'ngliz yana nimani hohlaydi? - dedi.
- Men Kamolman - deya qo'lini cho'zdi yigit.
- Farida - u nega bunday deganini bilmay qoldi. Va qo'lini qaytarmaslik uchun qo'l berdi.
Shu vaqt avtobus kelib qoldi. Avtobusning ovozidan sergaklangan Farida Kamolning qo'lini qo'yib yubordi. Va shoshilgancha avtobusga chiqib oldi.
Oynadan yomg'irning yog'ishini kuzatib oynaga boshini qo'yib ketarkan hayol qildi. Nimalar qilayabsan Farida g'irt begona bola bilan-a. Bunaqasi ketmaydi. O'zimga kelib olishim kerak faqat uni sevib qolmay-da. Uni hayol chalg'itdi. Rostdan ham yomg'ir ajoyib havo bo'lar ekan. Havodagi barcha g'uborlarni tozalaydi. Obbo senga nima bo'layabdi o'zi Farida? Deya hayolladi u.
Ha yomg'ir haqiqatdan ham chiroyli bo'ladi. Havodagi iflosliklarni tozalaydi. Ammo shu bugun yog'gan yomg'ir Faridaning yuragiga o'rnashib olgan yolg'izlik g'uborini ham yuvib ketgandi. Yomg'irning har tomchisi esa uning yuragiga sevgi olib kirardi.
.
.
.
.
Oradan bir necha kun o'tib Farida butunlay o'zgarib qoldi. Na yotish turishining na ovqatlanishining tayini bor. U nonushta qilar ekan nima yeganini o'zi bilmadi. Qayerga yeganini-ku aytmasa ham bo'ladi. U kiyinib sumkasini olib o'qishga ketdi. Bu yil Farida oliy o'quv yurtini bitirar edi. Uydagilari :
- O'qib balo bormi? O'qib kim ham bo'larding? - degan gaplariga shunday javob berar edi :
- Nega unaqa deysizlar o'qisam yomonmi?
- Qiz bola uyda o'tirishi kerak sovchilarni esa keti uzilgani yo'q. Ularga bahona qilaverib charchadim bolam - zorlanardi ona.
- Yana bir yilgina oyijon. Keyin sizning aytganingiz bo'ladi. Turmush quraman. Siz hali nabiralaringizni o'ynatib charchaysiz. - deya onasini pinjiga kirib ketardi Farida.
- Iloyo o'sha kunlarga yetkazsin qizim. - deya u ham qizini bag'riga bosardi. Va bu har doim Faridaga foyda berib uning uchun bekorchi bo'lgan gaplardan qutqarardi. U shularni o'ylab ketarkan ortidan qaydayir tanish ovoz :
- Farida - dedi.
Farida cho'chib tushdi. Va ortiga qaradi. Nahotki? Ortida unga qarab jilmayib o'sha ko'rkam yigit Kamol turar edi :
- Salom!
- Salom deyishga hali erta.
- Nega - ajablandi Farida.
- Boyagi kuni xayrlashmay ketib qoldingiz. Avval xayrlashing keyin salomlashasiz. - Kamolning yuzida jiddiylikkni o'qigan Faridani g'ashi keldi lekin beixtiyor :
- Xayr - deb yubordi. Va hayronligidan qo'li bilan og'zini berkitib oldi.
- Xayr, yana ko'rishamiz - dedi.
- Balki ko'rishmasmiz qayerdan bilasiz?
- Bunga kafolat beraman. Ha aytgancha Salom!
Ikkisi ham kulib yuborishdi.
- Maylimi sizni kuzatib qo'ysam?
Farida buni kutmagan edi. Rad etmoqchi bo'ldi lekin uni hozir qo'yib yuborsa qaytib topa olmaydigandek tuyulib rozilik bildirdi. Ular chaq-chaqlashib shahar ichidan ketib borishardi. Ularni ko'rganlar esa :
- Qanday baxtli-a
- Bir biriga juda mos ekan
- Baxtli bo'lishsin - deya havas bilan boqishardi.
.
.
.
.
DAVOMI BOR

• Birinchi martaFaridaLukaTanlovga
← Farida 2 (luka dan tanlovga)Real voqiya hamasi rost uz xayotmdan ismlarxam uzgartrlmagan →
Mavzu bo'yicha:
Sayt 18 yoshdan kattalar uchun!
Яндекс.Метрика #
hikoya.xyz секс хикоялар seks hikoyalar sex hikoyalar секс хикоя seks hikoya ehtirosli hikoyalar erotik hikoyalar sex hikoya эҳтиросли ҳикоялар эротик хикоялар extirosli hikoyalar эхтиросли хикоялар sekis hikoyalar xxx hikoyalar seks xikoyalar эро хикоя инцест хикоялар порно хикоялар erotic hikoyalar рассказы порно рассказы секс рассказы читать рассказы читаем рассказы рассказ служанки инцест рассказы еротические рассказы