hikoya.xyz
9-Sinf qizning Hayoti...
–Oyi, nima qilyapsiz? Kech bo‘ldiku uxlamaysizmi? Soat ham uchdan o‘tibdi, hozir tong otadi. Uxlay qoling, o‘zizni qiynamang, ertaga kun yorug‘ida birgalashib tugatib qo‘yamiz.
–Qizim, sen uxlayver, men hozir bir pasda shuni tugataman-u uxlayman. Ertalabga nonimiz qolmagan, shuni tugatsak ertalab azonda topshirib, puliga 2 ta yangi kelgan "buxanka” non olib kelasan, ho‘p qizim. Singling och uxlab qoldida….
–Yo‘q, oyi nega, kechqurun hammamiz yaxshi ovqatlandik-ku!–Kartoshka, piyozdan qilingan yarim kosa sho‘rva nima ham bo‘lardi. O‘qishingiz kerak, hali yaxshi inson bo‘lasizlar, katta odam bo‘lsanglar dasturxonimiz yana to‘kin bo‘ladi, ha qizim? Singlingni och uxlab qolgani yaxshi bo‘lmadida, uxlaganinglardan so‘ng ikki, uch marta uyg‘onib oyi non bormi, ozgina non bering deb so‘radi….
Nima deyarimni bilmay qoldim, oilada 3 kishimiz, oyim, men va singlim. U hali maktabga ham chiqmagan, aqli yetmaydi-da hali, oyimdan ko‘p narsa so‘raydi, bilmaydi-da biz hamma kabi emasmiz. Dadamning o‘zga yurtga ishlagani ketib qaytib kelmaganini, oyimning tunlari uxlamasdan to‘n qavib chiqishlarini, bizni o‘ylab siqilishlarini bilmaydida…. Bo‘g‘zimga o‘t qadaldi, oyim oxirgi bir necha kundan beri tuzukroq tuz ham tortmasdan, uxlamasdan pul topish uchun harakat qilyaptilar, qani edi qo‘limdan kelsa yordam bera olsam…. O‘tgan kuni yig‘lab o‘tirgan ekanlar, qo‘llariga nina kirib ketibdi, bu birinchi marta emasdi, qo‘llari qavarib ketgan bu azoblardan. Aslida, bizni o‘ylab siqiladilar, shu uchun yig‘laydilar, garchi, dadang kelsalar hammasi yahshi bo‘lib ketadi deb bizni ovutsalarda, o‘zlarini o‘zlari aldayotganliklarini biladilar, biz ham bilamiz dadam endi kelmaydilar, o‘tgan 5 yil ichida u yerlarda yangi oilali bo‘lib ketibdilar.
Ey Hudo, tezroq men ham ulg‘ayib oyimning og‘irini yengil qilay….)
–Singling yosh hali, uni hafa qilma, u senga eng mehribon inson bo‘ladi, sizlar ham anchadan beri yaxshi ovqat yemadinglar, ertalab yahshi nonushta qilib beraman, uxlay qol qizim….
Ertalabki vaziyatni bir umr yodimdan chiqara olmayman, oyim o‘sha o‘tirgan joylarida, qo‘llarida nina, tizzalari ustida to‘nning yeng qismi, bir bo‘lakkina o‘chay deb qolgan sham yorug‘ida ko‘zlari ochiq bir nuqtaga tikilib o‘tirgandilar, yugurib bordim, qo‘llari muzdek, etim jimirlab ketdi….
Oxirgi ayta olgan so‘zim shu bo‘ldi:
–Oyi, oyijon, ko‘zizni oching. Men tez katta qiz bo‘laman, faqat iltimos, bizni tashlab ketmang….

• BoshqalarSinfQizningHayoti
← ҲОМИЛАДОРЛИК ВА ЖИНСИЙ ҲАЁТ: 10 САВОЛГА 10 ЖАВОБ!(Ayollar uchun maxsus)xix →
Mavzu bo'yicha:
Sayt 18 yoshdan kattalar uchun!
Яндекс.Метрика #
hikoya.xyz секс хикоялар seks hikoyalar sex hikoyalar секс хикоя seks hikoya ehtirosli hikoyalar erotik hikoyalar sex hikoya эҳтиросли ҳикоялар эротик хикоялар extirosli hikoyalar эхтиросли хикоялар sekis hikoyalar xxx hikoyalar seks xikoyalar эро хикоя инцест хикоялар порно хикоялар erotic hikoyalar рассказы порно рассказы секс рассказы читать рассказы читаем рассказы рассказ служанки инцест рассказы еротические рассказы